

68 yoshli funkcioner beshta milliy federatsiya tomonidan qo'llab-quvvatlanganini ma'lum qildi.
Tasima rasman o'zi 2016 yildan 2024 yilgacha boshqargan Yaponiya federatsiyasi tomonidan ilgari surildi. Hozirda u tashkilotning faxriy prezidenti lavozimini egallab turibdi. Bundan tashqari, 2015 yil aprel oyidan buyon FIFA ijroiya qo'mitasi tarkibiga kiradi.
Eslatib o'tamiz, 16 noyabr kuni UEFA saylovlarga Fransiya futbol federatsiyasi rahbari Filipp Diallo nomzodini ilgari surgani ma'lum bo'lgan edi.
FIFAning amaldagi prezidenti shveytsariyalik Janni Infantino hisoblanadi. U 2016 yildan beri tashkilotga rahbarlik qilib kelmoqda va navbatdagi muddatga qayta saylanish niyatida.
Saylovlarda ishtirok etish uchun arizalar topshirish jarayoni chorshanba kuni yakunlanadi.



