

Bu haqda “TEAMtalk” xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, 27 yoshli niderlandiyalik futbolchi jarohat tufayli uzoq muddat maydonga tushmaganidan so'ng ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda. Shu bilan birga, "Manchester Yunayted" futbolchini ijaraga berish maqsadga muvofiqligiga shubha bilan qaramoqda va uning ehtimoliy transferini 30 million evroga baholamoqda.

De Ligt joriy mavsum Chempionlar Ligasida 2 ta o'yin o'tkazib, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Himoyachining ingliz klubi bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



