

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa yig'inning ikkinchi qismini Jidda shahrida davom ettiradi. Yoshlarimiz Saudiya Arabistoni U-20 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan.
U-20 xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari
26 yanvar
Saudiya Arabistoni – O'zbekiston
31 yanvar
Saudiya Arabistoni – O'zbekiston
U-20 Osiyo Kubogi 1 martda boshlanib 18 martgacha davom etadi. O'zbekiston "A" guruhida Indoneziya, Iroq hamda Suriyaga qarshi bahs olib boradi.




