O'zbekistonlik hakamlar boshqargan uchrashuvda Hindiston Urugvayga yirik hisobda yutqazdi

Administrator
7 okt 2026, 00:46
Hindiston va Urugvay o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Urugvay terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Hindiston terma jamoasi ustidan 6:1 hisobida yirik g'alabaga erishdi. O'yin Kalkutta (Hindiston) shahrida bo'lib o'tdi. Uchrashuvni o'zbekistonlik hakamlar, Ilgiz Tantashev boshchiligidagi brigada boshqarib bordi.

Mehmonlar safida Maksimiliano Arauxo (dubl), Darvin Nunes (penalti), Rodrigo Salazar, Xuan-Manuel Sanabriya va Rodrigo Agirre to'p kiritdi. Mezbonlardan esa Anirudx Txapa o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Hindiston 1:6 Urugvay

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif