Onana Afrika kubogida ham tinch o'tirmayapti. U Kamerun federatsiyasi prezidenti bilan janjallashgan

Khoja
25 yanv 2024
“Manchester Yunayted” va Kamerun terma jamoasi darvozaboni Andre Onana mahalliy futbol federatsiyasi prezidenti Samyuel Eto’o bilan janjallashdi, deb xabar bermoqda Metro.

Manba bergan xabarga ko'ra, Onana Afrika kubogi doirasidagi Gambiya bilan (3:2) o'yinda zaxirada qolganidan norozi bo'lgan. Onana bosh murabbiyning qaroridan g'azablangan va o'yindan oldin federatsiya rahbari bilan gap talashib ketgan.

Eslatib o'tamiz, Rigobert Song shogirdlari “C” guruhida qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha Gvineyani ortda qoldirib, ikkinchi o'rinni egalladi. Kamerun Afrika kubogi 1/8 finalida Nigeriya bilan kuch sinashadi.


KhojaMuallif
Manba: Metro