

Argentinalik mutaxassis mankunianliklar bilan ishga 18 noyabr kuni kirishadi.
The Athletic nashri ma'lumotlariga ko'ra, klub ichida Pochettino rasmiy bosh murabbiy lavozimi ko'zda tutganidan ancha ko'proq vakolatlarga ega bo'lishini kutayotganlar bor. Amalda u "eski maktab" menejeri rolini o'z zimmasiga olishi mumkin.
Pochettino hamkorlik qilish oson va qulay bo'lgan inson sifatida tanilgan. Uning London klubidagi besh yillik faoliyati davomida "Tottenxem"ning sobiq raisi Deniel Levi bilan o'rnatgan munosabatlari bunga yaqqol isbotdir.
Bundan tashqari, Maurisioni yaxshi biladigan ayrim kishilarning fikricha, u futbolchilarni saralash va xarid qilish masalalarida ham hal qiluvchi rol o'ynashni talab qiladi.



