OKMK Qo'qonda 4 ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchrayotgani yo'q

Iskandarov Abdulaziz
23 iyul 2026, 09:24
Mirjalol Qosimov jamoasi restartni ko'tarinki ruhda boshladi.

OKMK o'tgan turda "Navbahor" bilan bahsda mag'lub bo'layotgan pallada yakunda 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi. Bu turda olmaliqliklar "Qo'qon-1912" maydoniga safar uyushtirdi, yakunda mehmondan muhim 3 ochko bilan qaytdi (4:1).

OKMK raqib bilan to'qnashuvlarda ketma-ket 4 ta bahsdan beri kamida 1 ochko bilan ortga qaytmoqda. Jamoa oxirgi bor 2020 yilgi mavsumda safarda "Qo'qon-1912"ga mag'lub bo'lgan edi.

Olmaliq jamoasi keyingi o'yinini 27 iyul kuni "Mashal"ga qarshi o'tkazsa, "Qo'qon-1912" 29 iyul sanasida "Dinamo"ga qarshi maydonga chiqadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia