

Mirko Yyelichich boshchiligidagi "Lokomotiv" o'z maydonida "Andijon"ni mehmon qildi. Gollarga boy o'tgan bellashuvda 3:3 hisobidagi durang qayd etildi.
"Temiryo'lchilar"ning "burgutlar" bilan o'z maydonidagi g'alabasiz seriyasi 3 ta o'yinga etdi. Jamoa oxirgi marotaba 2020 yilgi mavsumda uyda raqibi ustidan 2:1 hisobida zafar quchgan edi.
Keyingi 3 ta to'qnashuvdagi natijalar:
17.10.2021. "Lokomotiv" - "Andijon" 2:2
04.04.2024. "Lokomotiv" - "Andijon" 1:2
22.07.2026. "Lokomotiv" - "Andijon" 3:3
"Loko" navbatdagi o'yinini 27 iyul kuni o'z maydonida "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazadi. "Andijon" shu kuni "Bobur Arena"da "Buxoro"ni qabul qiladi.



