

Qatarning "Suhaym bin Hamad" stadionida OFK Chaqiruv ligasi saralash bosqichi doirasida "Karamax" (Suriya) va "Bashundxara Kings" (Bangladesh) jamoalari o'zaro bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuvni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi ishlaydi: bosh hakam – Firdavs Norsaforov, yordamchi hakamlar – Ruslan Serazitdinov va Alisher Usmonov, to'rtinchi hakam – Aqobirxo'ja Shukurullaev.
Shuningdek, OFK Elit Chempionlar ligasi G'arb mintaqasining guruh bosqichida ishtirok etuvchi 12-jamoani aniqlab beradigan "Duhayl" (Qatar) – "Sepaxon" (Eron) uchrashuvida tajribali mutaxassis – Vladislav Seytlin hakamlar nazoratchisi sifatida ish olib boradi.



