OFK Chaqiruv Ligasi saralashi. "Falkons" "Taychun"dan ustun keldi, o'zbekistonlik hujumchidan dubl!

Sherzod Nurmatov
12 avg 2025
Mongoliyaning "Falkons" jamoasi OFK Chaqiruv Ligasi saralashi pley-offida Xitoy Taypeyining "Taychun" klubi bilan ro'baro' keldi.

Ulan-Batorda kechgan bahsda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi. E'tiborlisi, mongoliyaliklarning 2 ta goliga kuni kecha jamoaga qo'shilgan "FarDU" sobiq hujumchisi Riza Ayvazov mualliflik qildi.

Endi "Falkons" OFK Chaqiruv Ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi. Uchrashuvlar oktyabr oyida o'tkaziladi. Qur'a jarayoni esa 24 avgustga belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia