

Janluka Di Marcioning ma'lum qilishicha, "Liverpul" hujumchisi "rossonerilar"ning hujum chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodi bo'lib turibdi. Transfer bo'yicha muzokaralar murakkab, ammo italiyaliklar futbolchi bilan aloqaga chiqib ulgurgan.
Urugvaylik futbolchiga "Al Hilol" ham qiziqish bildirmoqda. Saudiyaliklar hali rasmiy taklif bilan chiqishmagan.
Sasha Tavolerining yozishicha, "Milan" PSJ futbolchisi Gonsalo Ramush bo'yicha ham kelishuvga erishmoqchi bo'lgan, ammo parijliklar so'ragan summa juda yuqori bo'lib chiqqan.
Nunes o'tgan mavsum APLda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



