Nosir Abdusalomov: "0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan chiqib ketish katta kuch talab qilar edi, golimni bobomga bag'ishladim"

Iskandarov Abdulaziz
30 iyun 2025, 12:04
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Nosir Abdusalomov fikrlarini bildirdi.

"O'yin qiyin kechishini bilgan edik. "So'g'diyona" ham shakllangan, kuchli tarkibga ega jamoa. Allohga shukur buni uddaladik",- deydi Nosir Abdusalomov. 

- Nosirbek Abdusalomov o'zi kim? Uni kim kashf qildi?

- Albatta murabbiylar ishonchi yordam bermoqda. Bu meni har bir o'yinda oldinga yurishimga turtki bo'lmoqda. To'g'ri ko'rsatmalar berishyapti.

- Keyingi o'yin "Andijon"ga qarshi bo'ladi. Bu jamoa muxlislari bilan mashhur. Bu jamoaga qiyinchilik tug'dirmaydimi?

- "Dinamo" bilan o'yinda ham buni ko'rdik. Muxlislar qarshisida to'p tepish yoqimli. Bu bizga kuch beradi. Ortga g'alaba bilan qaytishga harakat qilamiz.

- Golingizni kimga bag'ishladingiz?

- Futbolga kirib kelishimda bobomning hissalari katta. Ular o'yinni stadiondan kuzatdilar. Golimni bobomga bag'ishladim.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia