

Roberto Martines Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi (KNVB) milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimidagi ish haqida gaplashgan yagona ispaniyalik emas, deb yozadi De Telegraaf. Avvalroq KNVB rahbariyati Peter Bos, Arne Slot va boshqa nomzodlar bilan kelisha olmagach, Portugaliya va Belgiya milliy jamoalarining sobiq murabbiyi bilan bog'langani ma'lum bo'lgan edi. Xabar qilinishicha, muzokaralar shuningdek "Barselona"ning sobiq murabbiyi Xavi bilan ham olib borilgan. Hozircha Xavi terma jamoaning yangi murabbiyi bo'ladimi yoki yo'qmi, noma'lum, biroq Ronald Kumanning o'rnini bosuvchi shaxs borasidagi qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinishi takidlanmoqda. Qayd etilishicha, terma jamoadagi lavozimga nomzodlar sifatida Erik ten Xag, Pep Gvardiola va Mikael Rayciger ham tilga olingan.



