

Ushbu natija yevropaliklar bosh murabbiyi Ronald Kumanga maqul kelmadi. Uning fikricha, futbolchilari va uchrashuv hakami o'z vazifalarini to'g'ri bajara olishmagan.
Birinchi navbatda, bosh hakam Alissa Penningtonning harakatlari haqida. Kuman hakamning qarorlaridan, ayniqsa, to'p qo'l bilan o'ynalgani uchun Gus Tilga ko'rsatilgan qizil kartochkadan juda norozi bo'ldi.
"Umid qilamanki, bu holat ushbu Jahon chempionatida hakamlar uchun standartga aylanib qolmaydi", - deya ta'kidladi Ronald Kuman.
Uning so'zlariga ko'ra, Pennington Sammervillga qarshi ishlatilgan ochiq-oydin fol uchun kartochka ko'rsatishi kerak edi, ammo buning o'rniga to'p "tasodifan" tegib ketgan Tilni maydondan chetlatdi.
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi futbolchilarning o'yinidan ham aniq noroziligini yashirib o'tirmadi.
"Hujumlarni yakunlash qobiliyatimiz, ayniqsa, Sammervill va Malen ishtirok etgan vaziyatlar meni juda xavotirga solmoqda. Bu u qadar katta muammo emas; bizda gol urish uchun potencial etarli, shunchaki hozircha buni uddalay olmayapmiz. Ammo gap shundaki, biz zudlik bilan nimanidir o'zgartirishimiz kerak. Futbolchilar oldindagi uchrashuvlarda o'z imkoniyatlaridan yaxshiroq foydalanishlari shart", - deya alohida to'xtaldi Ronald Kuman.



