"Arsenal" uchun yo'qotish: Saka va Timber "Sporting"ga qarshi o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
7 apr 2026, 00:56
"Arsenal" futbolchilari Bukayo Saka va Yurrien Timber jarohat tufayli Lissabonning "Sporting" jamoasiga qarshi bahsni o'tkazib yuboradigan bo'lishdi.

Londonliklar ertaga YCHL 1/4 finali dastlabki uchrashuvi doirasida safarda lissabonliklar mehmoni bo'lishadi. Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta asosiy tarkib o'yinchilarining holati haqida ma'lumot berdi.

"Saka va Timber biz bilan birga uchib ketishmadi, ular hali maydonga tushishga tayyor emas. Agar hammasi yaxshi bo'lsa, umid qilamanki, dam olish kunlariga kelib ular safga qaytadi", - dedi Arteta.

Eslatib o'tamiz, "kanonirlar" shu shanba kuni APL 32-turi doirasida o'z maydonlarida "Bornmut"ni qabul qilishadi. Muxlislar jamoa yetakchilarining aynan shu bahsga qadar sog'ayib ketishini kutishmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA