Mendesh O'zbekiston darvozasiga jarima zarbasidan urgan goli haqida: "Hamma zarbani Krishtianu tepishini kutadi"

25 iyun 2026, 09:50
Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Nunu Mendesh JCH-2026 guruh bosqichi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yinda (5:0) jarima zarbasidan urgan goli haqida fikr bildirdi.

Futbolchi uchrashuvning 17-daqiqasida to'g'ridan-to'g'ri jarima zarbasidan gol urdi. To'p oldida jamoa hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu ham turgan edi.

"Biz buni mashq qilgandik. Hamma jarima zarbalarini Krishtianu tepishini kutadi. Buni yana takrorlash mumkin. Balki men bilan bu boshqa ish bermas, lekin boshqa futbolchilar bilan o'xshab qoladi. Biz xursandmiz va bor e'tiborimizni qaratgan edik. Guruhda birinchi o'rinni egallash uchun keyingi o'yingacha tiklanib olishimiz kerak.

Tanqid - o'yinning bir qismi, biz bunga o'rganib qolganmiz. Jamoadagi hamma bir-biriga yordam beradi, biz bunga tayyormiz. Eng muhimi - o'z g'oyamizga va murabbiy bizdan nimani xohlayotganiga e'tibor qaratish", - dediya Mendesh.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com