AQSH Eronning Misrga qarshi o'yinga uchib ketish kechikayotgani haqidagi ayblovlariga javob qaytardi

25 iyun 2026, 09:25
Oq uyning Jahon chempionatini tashkil etish bo'yicha ishchi guruhi vakili Eron futbol federatsiyasining ayblovlariga munosabat bildirdi.

Avvalroq Eron terma jamoasi Misrga qarshi 3-tur uchrashuviga jo'nab ketish oldidan aeroportda taqib va tazyiqlarga uchraganini davo qilgan edi.

"Hamma narsa reja bo'yicha ketayotgan edi, hatto Eron belgilangan vaqtdan bir necha daqiqa oldin yetib keldi", - deya Oq uy vakilining so'zlarini keltiradi The Telegraph.

Eron va Misr terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 27 iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph