

Klub 34 yoshli braziliyalik futbolchi "Palmeyras"ga qarshi bahsda (0:0) sonining orqa qismidan o'rtacha og'irlikdagi jarohat olganini tasdiqladi.
Neymar "Santos" safida bir nechta o'yinni, shu jumladan, Janubiy Amerika Kubogining "Atletiko Mineyro"ga qarshi bo'lib o'tadigan chorak final uchrashuvida qatnashmaydi.
“ESPN Brasil” manbalariga ko'ra, "Santos" Neymarning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqchi emas va unga faqat to'liq tiklanganidan keyingina mashg'ulotlarga qaytishga ruxsat beradi. Bu esa FIFA taqvimidagi xalqaro tanaffus yakunlanganidan so'ng sodir bo'lishi mumkin.
Neymar 2026 yilgi mavsumda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



