

Dushan Vidich kecha oqshom Belgrad shahrida o'lik holda topilgan. Hozircha o'lim sabablari va tafsilotlari ochiqlanmayapti.
Nemanya Vidich shaxsiy hayoti va oilasi haqida omma oldida gapirishni unchalik xushlamasdi. Ma'lumotlarga ko'ra, Dushan ukasi bilan birga Ujicening "Edinstvo" klubida to'p surgan, biroq Nemanyadan farqli o'laroq, professional futbolchilik faoliyatini davom ettirmagan.
Eslatib o'tamiz, Nemanya Vidich faoliyati davomida "Crvena Zvezda", "Inter" va Serbiya terma jamoalarida ham yorqin o'yinlar ko'rsatgan.



