Nemanya Vidich yaqin orada "Crvena Zvezda"da ish boshlaydi

Mirjalol Normatov
10 fev 2020
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Nemanya Vidich Serbiya jamoasi rahbariga aylanishi mumkin.

"Republika" nashri xabariga ko'ra, Vidich klub bosh direktori lavozimini egallaydi. U Zvezdan Terzich o'rnida ish boshlaydi. Bu 2020 yilning yozida amalga oshiriladi.

Vidich "Crvena Zvezda" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2000-2004 yillar davomida ushbu klub tarkibida 67 o'yinda 12 gol urgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Republika