"Neftchi"ni yana bir futbolchi tark etdi

Khoja
2 dek 2025
"Neftchi" himoyachisi Bilolxon Toshmirzaev jamoani tark etdi.

Futbolchi bu haqda o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

"Assalomu alaykum, Farg'onaning "Neftchi" muxlislari. 3 yillik mehnatimga rozi bo'lasilar. Sizlarni juda yaxshi ko'raman, sizlar bilan juda yaxshi xotiralar qoldi. "Neftchi"ga keyingi mavsumda omad tilab qolaman, nasib qilsa, yana ko'rishamiz", - deb fikr bildirgan himoyachi.

Toshmirzaev 2023 yilning yozidan beri "Neftchi"da harakat qilib kelayotgandi. U farg'onaliklar safida 63 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urgan va yana 6 ta golga assistlik qilgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia