UEFA Ijroqo'mi kimni FIFA prezidenti lavozimiga bir ovozdan nomzod qilib ko'rsatishi ma'lum

17 noya 2026, 08:10
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Ijroiya qo'mitasi 2027 yil mart oyida bo'lib o'tadigan saylovlarda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari lavozimiga Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) prezidenti Filipp Diallo nomzodini rasman qo'llab-quvvatladi.

Bu haqda Sky News sport muxbiri Rob Xarris ijtimoiy tarmoqlarda UEFA bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

Qaror UEFA prezidenti Aleksander Cheferin raisligidagi Ijroqo'mning maxsus yig'ilishida bir ovozdan qabul qilindi. Milliy assotsiatsiyalar Dialloni o'z nomzodini qo'yishga taklif qilishdi va unga Yevropa blokining har tomonlama qo'llab-quvvatlashini kafolatlashdi.

"FIFA rivojlanish vektori yuzasidan jiddiy xavotirlar fonida milliy assotsiatsiyalar jahon futbol hamjamiyati ichida birdamlik va ishonchni tiklashga chaqirishdi. Yevropa futboli FIFA dunyoning har bir mintaqasida o'yinni rivojlantirishni o'z missiyasining asosiy maqsadi qilib qo'yishi, boshqaruvning eng yuqori standartlariga rioya etishi hamda assotsiatsiyalar va konfederatsiyalar bilan yaqin hamkorlikda harakat qilishi tarafdori. Ijroqo'm a'zolari Filipp Dialloning yetakchilik fazilatlariga to'liq ishonch bildirishdi", - deyiladi xabarda.

Dialloning o'zi butunjahon tashkiloti rahbari lavozimiga nomzodini qo'yish taklifini qabul qildi. FFF Ijroiya qo'mitasi 17 noyabr kuni bo'lib o'tadigan yig'ilishida uning nomzodini rasman tasdiqlaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports