Timur Kapadze: "Katiga savollarimiz bor. Mana nechanchi o'yindirki, u biz kutgan o'yinni namoyish eta olmayapti, ingliz tilini ham bilmaydi"

Оқил Абдубарноев
25 apr 2026, 18:39
"Navbahor" bosh murabbiyi Timur Kapadze Kongo DR mamlakati fuqarosi bo'lgan hujumchi Katulondi Kati haqida fikr bildirdi.

"Unga savollarimiz bor. Mana nechanchi o'yindirki, u biz kutayotgan o'yinni namoyish eta olmayapti. Bilasiz, legionerlar bilan ishlash biroz qiyinroq. Futbolchi nimalarni yashab o'tayotganini bilishga harakat qilaman. Stressli holatlar. U ingliz tilini deyarli bilmaydi, faqat francuz tilida suhbatlashadi. Umuman olganda yaxshi futbolchi, ammo "Andijon"ga qarshi bahsdan so'ng o'yinida pasayish kuzatilmoqda. U qishki yig'inlarda deyarli ishtirok etmadi. Dastlab, viza olish jarayoni qiyin kechdi. Bunga qadar esa yarim yil davomida o'yin amaliyotisiz qolib ketgan edi", dedi Kapadze.

Avvalroq Kati Kongo DRning saralash bosqichidan o'tib, O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olishini istayotganini takidlagandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia