“Navbahor” klubi vice-prezidenti Otabek Samatov: "Paxtakor"ga qarshi o'yin muhim ahamiyatga ega"

Narzulla Saydullayev
6 noya 2024, 11:17
Superliganing 24-turida "Navbahor" o'z maydonida “Paxtakor”ga qarshi o'ynaydi.

"Lochinlar” mazkur uchrashuvga tayyorgarlikni 5 noyabr kunidan boshlashdi.

Mashg'ulot oldidan “Navbahor” klubi vice-prezidenti Otabek Samatov futbolchilarga bo'lajak o'yin muhim ahamiyatga ega ekanligi, boisi, “Navbahor”da sovrindorlar safidan o'rin olish uchun imkoniyat borligi, shu bois, buni amalga oshirish uchun oxirigacha kurash olib borish lozimligi, poytaxtliklarga qarshi kechadigan bahsda g'alaba qozonish uchun barcha imkoniyatni ishga solish kerakligini ta'kidlab, ularni bo'lajak bellashuv oldidan ruhlantirdi, - deb yozadi “Navbahor” matbuot xizmati.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор” матбуот хизмати