“Paxtakor” tufayli chetlatilgan Abduvohidov “Paxtakor” tufayli qaytdi(mi)?!

admin
20 okt 2026, 11:45
Kecha poytaxtning “Paxtakor” klubi Telegram kanalida “Navbahor” – “Paxtakor” o'yinidagi bahsli vaziyatlarga to'xtalib o'tilar ekan, “Surxon”ga qarshi kechgan o'yindagi epizodlar ham eslab o'tildi.

Bayonotda biz uchun qiziq bo'lgan mavzu ko'tarildi va PFLning hakamlarga oid statistikasini tekshiradigan bo'lsak, haqiqatan ham bu ma'lumot asosli ekanligini ko'ramiz.

PFL ma'lumotlariga ko'ra, “Paxtakor” – “Surxon” o'yinidan keyin:

Ravshan Abduvohidov boshqargan o'yinlar soni - 0.

Sanjar Shoyusupov boshqargan o'yinlar (laynsmen sifatida) soni - 4.

Ma'lum bo'ldiki, bu ikki hakam VAR’dan mavsum so'ngiga qadar chetlatilgan. Qoidaga ko'ra, VAR’dagi chetlatuv maydonga, maydondagisi esa VAR’ga ta’sir qilmaydi.

Kecha “Paxtakor” shu ma'lumotni ochiqlagandan keyin bugun 25-turga tayinlov e'lon qilindi. Unga ko'ra, Abduvohidov “Xorazm” – “Navbahor” o'yiniga tayinlov oldi. Haqiqatan ham VAR’dagi chetlatuv maydonga, maydondagisi esa VAR’ga o'tmaydi. Chunki Ravshan Abduvohidov 21 avgustdagi o'yindagi chetlatuvidan keyin Proligada 2 ta o'yinni bosh hakam sifatida o'tkazdi. O'sha o'yindagi yana bir asosiy qahramon Jasur Muxtorov 5 yillik diskvalifikaciya muddatini o'tab, bu yil Superliga o'yinlarida eng ko'p ishlagan hakam bo'lib turibdi. Uning hisobida 37 ta o'yin bor. Ularning ayrimlarida Muxtorov bosh hakam sifatida faoliyat olib borgan bo'lsa, ayrimlarida VAR’da ishlagan. Undan keyingi o'rinlarda quyidagi hakamlar turibdi:

1. Jasur Muxtorov - 37

2. Akobirxo'ja Shukurullaev, Ahrol Risqullaev, Asker Najafaliev - 32

3. Firdavs Norsafarov - 29

4. Islom Azimov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov - 28

5. Abdurashid Xudoyberganov, G'ayrat Jo'raev - 27

6. Doston Rahmonov - 26

7. Nayim Qosimov, Shohnur Yo'ldoshev - 24

8. Alisher Usmonov, Timur Gaynulin - 22

9. Ilgiz Tantashev, Sherzod A'zamov, Elnur Doniyorov - 21

10. Ravshan Abduvohidov, Andrey Sapenko, Sanjar Shoyusupov - 20

Top-10 statistika mana shunday ko'rinishda. Tantashev va Sapenkoning o'yinlari soni kamligi ularning JCHdagi faoliyatiga ham bog'liq ekanligini qo'shimcha qilib o'tamiz.

Eng qizig'i, Ilgiz Tantashev uchun “Paxtakor” – “Navbahor” o'yinida nizo keltirib chiqarish birinchi marta bo'layotgani yo'q. 2020 yilning 27 fevralida bo'lib o'tgan o'yinda Tantashev ikki jamoa futbolchilariga bittadan qizil kartochka bergan.

Natijada, 2020 yil 2 martda O'FA Hakamlar qo'mitasi uchrashuvni tahlil qilgan. Rasmiy izohda bosh hakam o'yin nazoratini yo'qotgani va intizomiy qarorlarda xatolarga yo'l qo'ygani aytilgan. Shundan keyin Tantashev bir oyga Superliga o'yinlaridan chetlatilib, quyi ligaga tushirilgan.

2.jpg

Statistika orqali katta ma'lumotlarni oshkor qilish mumkin. Bugun 25-tur uchun hakamlar tayinlovi taqdim etildi. OKMK – “Qo'qon-1912” o'yinida yillar davomida Tantashevga laynsmenlik qilib kelgan Sapenko va Gaynulinni bu safar noodatiy tarzda Doston Rahmonov bilan ko'ramiz. Shundan bilsak bo'ladiki, Tantashev bu o'yinning bosh hakami bo'lishi kerak bo'lgan.

Namangandagi o'yindan keyin “Kattaqo'rg'on” – “Lochin” uchrashuvidagi bahsli vaziyatga munosabat bildirishga ulgurdi, ammo vodiydagi o'yin uchun sukut saqlayapti.

Yana bir ma'lumot: bugun soat 14:00 da O'zFHMda mana shu masala yuzasidan “Paxtakor” vakillari bilan muloqot bo'lib o'tishi ma'lum bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: t.me/fm90minutuz