

Shundan so'ng "Paxtakor" Instagram’dagi rasmiy sahifasida futbolchini belgilab, gol aks etgan videoga "Sen bir gol urmagin ekan!" degan izoh qoldirdi. Klub Hamraliev o'z akademiyasi tarbiyalanuvchisi ekanini ham ta'kidladi.


"Navbahor" matbuot xizmati bu yozuvni futbolchiga nisbatan kinoyali munosabat deb baholab, etiroz bildirdi. Klubning takidlashicha, futbolchi amaldagi jamoasi manfaati uchun o'ynashi va muhim golini nishonlashi tabiiy holat. Bayonotda sobiq jamoa darvozasiga urilgan golni nishonlashni taqiqlovchi qoida mavjud emasligi ham qayd etildi.


Namangan klubi rasmiy sahifadagi yozuv klub poziciyasini ifodalashini bildirib, Professional futbol ligasidan vaziyatni ko'rib chiqishni so'radi.
"Navbahor" Hamralievni qo'llab-quvvatlab, uning goli stadiondagi 22 751 tomoshabinning ko'pchiligiga quvonch bag'ishlaganini ta'kidladi.



