"Nasaf": Abduvohid Ne'matov bilan shartnoma uzaytirildi

Alisher Ostonov
20 dek 2025
Qarshining "Nasaf" klubi darvozabon Abduvohid Ne'matov bilan shartnomani uzaytirdi.

"Jamoamiz posboni o'z o'rnida!

Bugun jamoamizning asosiy kiperi milliy jamoa a'zosi Abduvohid Ne'matov bilan ham 1 yillik shartnomaga imzo chekildi. 

O'zining seyvlari va gollari bilan qalbimizdan chuqur joy egallagan darvozabonimizga klubimiz bilan birga yana ko'plab sovrinlar yutishiga tilakdoshmiz! Muxlislaringni ajoyib va yorqin o'yinlaring bilan xushnud etishda davom et, Abduvohidjon!", - deyiladi klub xabarida.



Alisher OstonovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати