"Napoli" - "Milan": Turnir jadvalidagi qo'shnilar bahsi uchun tarkiblar ma'lum

Aslanov Jasurbek
6 apr 2026, 23:32
Bugun, 6 aprel kuni Italiya Seriya Asining 31-turi doirasida markaziy uchrashuv bo'lib o'tadi. Neapoldagi "Diego Armando Maradona" stadionida "Napoli" va "Milan" jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.

Bahsni rimlik hakam Daniele Doveri boshqarib boradi.

Jamoalar maydonga quyidagi tarkiblarda tushishadi:

"Napoli": Milinkovich-Savich, Buondjorno, Olivera, Spinaccola, Guterres, Jesus, Lobotka, De Bryoyne, Maktominey, Angissa, Jiovane.

"Milan": Menyan, de Vinter, Tomori, Bartezagi, Pavlovich, Rabo, Fofana, Modrich, Salemakers, Nkunku, Fyullkrug.

Ayni damda "Milan" 63 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Napoli" esa 62 ochko bilan uchinchi pog'onani egallab turibdi. Ushbu o'yin natijasi kuchli uchlikdagi o'rinlar taqsimotiga bevosita ta’sir ko'rsatishi kutilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia