

Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, Oliver Glasnerning tayinlanishi haqidagi xabarlarga qaramay, hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
"Rossoneri" rahbariyati hozirda uch nafar mutaxassis nomzodini ko'rib chiqmoqda. Bular: Oliver Glasner, Mattias Yayssle ("Al Ahli") va Ruben Amorim ("Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi).
Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, so'nggi kunlarda Glasnerning imkoniyatlari biroz pasaygan. Shu bilan birga, "Milan" nomzodlar doirasini qisqartirib, qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirmoqchi.
Shu sababli klub rahbariyati yaqin soatlar ichida Amorim, Yayssle va Glasner bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar o'tkazishni rejalashtirgan.
Shunday qilib, "Milan"ning yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi masalasi hal qiluvchi bosqichga kirib keldi. Klub yaqin vaqt ichida yakuniy tanlovni e'lon qilishi kutilmoqda.



