

"The Athletic" xabariga ko'ra, London klubi "Monako" bilan 21 yoshli futbolchining transferi borasida kelishib olgan. Transfer summa 37-38 mln atrofida bo'ladi.
"Chelsi"ning yangi futbolchisi uchun tibbiy ko'rik ham rejalashtirib qo'yilgan. Agarda barchasi ko'zda tutilgan reja ostida kechsa, futbolchi klub bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi.
Ushbu mavsumda Badiashile chempionatning 11 o'yinida qatnashib, 2 gol kiritdi.



