"Chelsi"ning navbatdagi futbolchisi jarohat oldi va Liga Kubogi finalida o'ynamaydi

Sherzod Nurmatov
12 fev 2024
"Chelsi" himoyachisi Benua Badiashile jarohati tufayli 1 oyga safdan chiqdi va endi Liga Kubogi finalini o'tkazib yuboradi.

Badiashile bu jarohatni o'tgan hafta "Chelsi"ning Angliya Kubogi 4-bosqichi doirasidagi "Aston Villa"ga qarshi javob o'yinida (1:3) olgandi.



APL doirasidagi "Kristal Pelas"ga qarshi derbi 22 yoshli fransiyalik futbolchi o'tkazib yuboradigan birinchi o'yin bo'ladi, deb xabar berdi "Evening Standard".

Badiashilening tiklanishi 1 oy davom etishi kutilmoqda. Bu Benuaga 25 fevral kuni bo'lib o'tadigan Liga Kubogi finalida "Liverpul"ga qarshi o'ynash imkoniyatini qoldirmaydi.

"Ko'klar"ning baxtiga Levi Koluill safga qaytmoqda va Trevo Chaloba ham mashg'ulotlarga kirishgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard