Namangandagi finalni Mirzahakim To'xtamirzaev sharhlaydi

Xayrulla Xoliqov
18 dek 2020
"Kelajak yulduzlari" kompaniyasi tomonidan har yili bolalar uchun turli turnirlar o'tkazib kelinayotganidan xabaringiz bor.

Shu kunlarda Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumanida bo'lib o'tayotgan "Olim Ahmedov Kubogi" bugun o'z nihoyasiga etadi. O'zbekiston MTJ sardori Odil Ahmedovning padari buzrukvori Olim aka Ahmedov xotirasini yod etish maqsadida turnir nomi o'zgardi.

Bugun ham kun tartibidan to'rtta uchrashuv o'rin olgan. Lekin eng qiziq tomoni, musobaqaning hal qiluvchi final bahsini taniqli sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev bevosita stadionda sharhlab boradilar. Ustoz jurnalist kecha Namanganga tashrif buyurib tashkilotchilar bilan uchrashdi. 

Final o'yinida "Odil Ahmedov FA" hamda "Lokomotiv" futbolchilari o'zaro maydonga tushishadi. Bugun kun tartibidan shuningdek, Odil Ahmedov ishtirokida qiziqarli tadbir ham o'rin olgan. 

7-o'rin uchun. 18 dekabr

10:30. Namangan TJ - "Ahmad" 

5-o'rin uchun. 18 dekabr

9:30. Samarqand FA - "Bunyodkor" 

3-o'rin uchun. 18 dekabr

11:30. "Farovon" - ROZSK OA 

Final. 18 dekabr

12:30. "Odil Ahmedov FA" - "Lokomotiv"


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia