Qo'qoqnning "Ahmadxon" futbol maktabi "Nasaf" akademiyasi filialiga aylandi

Omonjon To`xtamirzayev
31 iyul 2023
Qo'qon shahrida 25 - 27 iyul kunlari bolalar futboli maktablari ishtirokida kichik turnir o'tkazildi.

Musobaqa 2013, 2014, 2015 yilda tug'ilgan bolalardan tuzilgan jamoalarni qamrab olib, unda Namanganning "Navbahor", Andijonning "Spartak", Buvaydaning "Buvayda" hamda Qo'qonning "Ahmadxon" jamoalari ishtirok etishdi. 

Turnirda "Navbahor" (2013), "Ahmadxon" (2014), "Ahmadxon" (2015) jamoalari chempionlikni qo'lga kiritdi. Qo'qonning "Ahmadxon" futbol maktabi Qarshining "Nasaf" futbol akademiyasi filialiga aylandi. Bundan buyon ikki tomon o'zaro hamkorlikda faoliyat olib boradi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia