Rio Ferdinand: "Pochettino boshqa nomzodlar orasida MYUni qutqara oladigan inson sifatida ajralib turibdi"

Iskandarov Abdulaziz
12 noya 2026, 10:11
MYU sobiq himoyachisi klub va murabbiylar borasida fikr bildirdi.

“Manchester Yunayted” va Angliya milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand, agar Maykl Kerrik iste'foga chiqarilsa, mankunianliklar bosh murabbiyi lavozimiga Maurisio Pochettino tayinlanishi mumkinligini qo'llab-quvvatladi. “Qizil iblislar” faxriysining fikricha, argentinalik mutaxassis klubni cho'zilib ketgan inqirozdan olib chiqish uchun zarur fazilatlarga ega.

Jamoaning sobiq sardori hozirda kollektivga futbolchilarning ruhiy holatini tiklay oladigan murabbiy suv va havodek zarur ekanini ta'kidladi. Ferdinandning hisoblashicha, aynan Pochettinoning insoniy yondashuvi uni murabbiylik kursisiga da'vogar boshqa nomzodlardan ajratib turadi.

“Pochettinoga nazar tashlar ekanman, uning eng asosiy ustunliklaridan biri - jamoani boshqarishdagi insoniylik va o'z futbolchilariga ishonch bag'ishlay olish qobiliyati ekanini ko'raman. Hozir “Manchester Yunayted” uchun bu juda muhim, chunki tarkibimizda ruhan singan futbolchilar haddan tashqari ko'p, - dedi Ferdinand o'zining “Rio Ferdinand Presents” YouTube-kanali efirida.

- Jamoamiz uchun ehtimoliy murabbiylar ro'yxatiga qarab, aynan Pochettino bizni qutqarish va jamoani qayta qurish uchun eng zarur fazilatlarga ega inson sifatida boshqalardan ajralib turibdi, deb o'ylayman. O'yin darajasi keskin pasayib ketdi, shu bois holatimizga baho berishda realist bo'laylik. Avvalgi mavqeimizga qaytish uchun vaziyatni barqarorlashtirishimiz va yana Chempionlar ligasiga yo'l olishimiz shart.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Rio Ferdinand Presents