MYU Bundesligada to'p tepadigan iqtidorni jalb qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
20 may 2023
"Manchester Yunayted" rahbariyati yozgi transfer oynasida "Borussiya" Myonxengladbax yarim himoyachisi Kuadio Koneni qo'lga kiritish istagida.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, agar mankunianlar "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo bilan kelishuvga erisholmasa, 22 yoshli fransiyalik futbolchini sotib olishga harakat qiladi. 

Qayd etish joiz, "Borussiya"ning iqtidorli futbolchisiga "Manchester Yunayted"dan tashqari PSJ ham faol qiziqish bildirmoqda. Konening transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Kuadio Kone "Borussiya" tarkibida Germaniya chempionatida 29 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport