

JCH-2026. H guruhi, 1-tur
Ispaniya - Kabo-Verde 0:0
Ispaniya: 23. Unay Simon, 22. Pau Kubarsi, 14. Emerik Laport, 24. Mark Kukurelya, 5. Markos Lorente, 8. Fabian Ruis (6. Mikel Merino, 71’), 16. Rodri, 20. Pedri, 9. Gavi (19. Lamin Yamal, 71’), 7. Ferran Torres, 21. Mikel Oyarsabal.
Zaxira: 1. David Rayya, 13. Joan Garsiya, 2. Mark Pubil, 3. Alexandro Grimaldo, 4. Erik Garsiya, 12. Pedro Porro, 18. Martin Subimendi, 10. Dani Olmo, 15. Aleks Baena, 11. Yeremi Pino, 17. Niko Uilyams, 25. Viktor Munos, 26. Borxa Iglesias.
Kabo-Verde: 1. Jozimar Vozinya, 4. Roberto Lopes, 3. Diney Borjesh, 13. Sidni Lopesh Kabral, 22. Stiven Moreyra, 20. Rayan Mendesh, 6. Kevin Lenini, 15. Laros Duarte (14. Deroy Duarte, 61’), 10. Jamiru Monteyru, 7. Jovani Kabral (17. Villi Semedo, 61’), 19. Deylon Rosha Livramento (21. Joya Da Koshta, 61’).
Zaxira: 12. Marsiu Roza, 23. Si Jey dush Santush, 2. Stopira, 5. Logan Koshta, 24. Vagner Pina, 25. Kelvin Piresh, 8. Joau Paulu, 11. Garri Rodrigesh, 16. Eyr Semedo Monteyro, 18. Telmu Arkanju, 26. Elio Varela, 9. Benshimol.
Ogohlantirishlar: 16 - Sidni Lopesh Kabral
73. Yamal boshlagan hujumni Lorente darvozaga zarba bilan yakunladi, darvozabon esa o'z o'rnida!
🔄 71. Yamal Jahon chempionatidagi debyutini o'tkazmoqda!
69. Yana futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun imkon berildi.
68. Lamin Yamal zaxiradan maydonga tushishi kutilmoqda!
🔄 61. Kabo-Verde birdaniga uchta o'zgarishni amalga oshirdi, ko'ramiz, o'yin tempi qanchalik o'zgararkan.
58. Lyaportning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.
57. Fabianning navbatdagi zarbasidan to'pni Vozinya ushlab oldi.
Ayni vaqtda mazkur uchrashuvni bevosita stadiondan turib o'zbekistonlik sharhlovchilar - Xayrulla Hamidov hamda Davron Fayziev ham kuzatib bormoqda.

53. Oyarsabal yo uzatma bermoqchi bo'lib, adashib zarba berib qo'ydi yoki chindan darvozabonni aldadi - nima bo'lsa ham xavfli vaziyat bo'ldi, ammo noaniq ketdi zarba.
51. Yana Ruisdan zarba, bu safar ham noaniq ketdi.
48. Fabianning zarbasi aniq bo'lmadi.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
📊 Dastlabki bo'limdan keyingi statistika:
To'p nazorati - 70% - 30%
Darvoza tomon zarbalar: 12 - 3
Aniq zarbalar: 4 - 0
Burchak zarbalar - 4 - 0
Uzatmalar aniqligi - 92% - 77%
Seyvlar - 0 - 4
🕘 45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 0:0!
45+4. Oyarsabalning bosh bilan bergan zarbasi juda noaniq bo'ldi.
45+2. Burchakdan uzatilgan to'pni Lyaport darvozaga yo'lladi, Kabo-Verde posboni qiyinchilik bilan jamoasini muqarrar goldan qutqardi…
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. Yana Ferran! Jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasini Vozinya ushlab oldi!
41. Fabian Ruisning zarbasi osmon-u-falakka ketdi.
40. Ferran Torres… ajoyib vaziyatni ko'kka sovurdi “Barselona” futbolchisi… bo'sh qolgan darvoza ediya…
38. Jovani Kabralning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi.
36. Pedrining kuchli zarbasini Vozinya qaytardi! Zo'r seyv!
35. Livramentoning qariyb maydon markazidan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi.

📊 34. Qiziq fakt: uchrashuvning yarim soati ortda qoldi, xG bo'yicha Ispaniya 0,15 natijani qayd etmoqda…
29. Kukurelyaning kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.
27. Kabo-Verde nihoyat oldinga o'tdi, biroq hujum oxiriga etmay qoldi.
23. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
20. Kubarsining uzoqdan bergan zarbasi o'ta muvaffaqiyatsiz chiqdi, erlatib tepilgan to'p Ruisga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
15. Pedrining erlatib bergan zarbasidan so'ng to'pni Vozinya ushlab oldi.
12. Pedri o'ng qanotdan havolatib to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, biroq Oyarsabal zarba bera olmadi darvoza tomon, raqib himoyachilari yaxshi o'ynadi.
5. Uchrashuvda aytarli vaziyat ko'rmadik, to'p nazorati garchand ispanlarda bo'lsa-da, afrikaliklar ham yomon harakat qilmayapti.
🕛 1. O'yin boshlandi!


Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni H guruhi 1-turidan o'rin olgan Ispaniya va Kabo-Verde terma jamoalari o'rtasidagi bahsning matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



