

22 yoshli futbolchi dushanba, 2 noyabr kuni Karringtondagi bazada shug'ullandi, biroq bosh murabbiy Maykl Kerrik seshanba, 3 noyabr kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi doirasidagi "Roma"ga qarshi uchrashuvda Dorgu maydonga tushmasligini ma'lum qildi.
"Bu uning guruh bilan birga o'tkazgan ilk kuni bo'ldi. Uning safga qaytgani juda yaxshi. Tarkibga qaytish uchun juda ko'p ter to'kdi. Ammo u “Roma” bilan o'yinda ishtirok etmaydi. Hafta davomida uning holati qanday rivojlanishini kuzatamiz", – dedi Kerrik.

Dorgu 20 sentyabrdan buyon maydonga tushmadi va "Yunayted"ning 6 ta bahsini o'tkazib yubordi - bu o'yinlarda jamoa biror uchrashuvda g'alaba qozona olmagandi. Lyuk Shouning safda yo'qligi va shu sababli Kerrik chap qanot himoyasida Diogu Dalotdan foydalanishga majbur bo'lganini inobatga olsak, uning qaytishi jamoa uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Dorgudan tashqari, 24 yoshli kot-d'ivuarlik hujumchi Amad Diallo ham mashg'ulotlarga qaytgan.
Dorgu 2025/26 yilgi mavsum 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



