

Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi doirasidagi "Aston Villa"ga qarshi uchrashuv oldidan 25 yoshli ingliz futbolchisi yangi jamoasidagi startini baholab, samaradorlikni oshirish istagi haqida gapirdi.
"Agar 10 ballik tizimda baholasak, bilmadim, 7,5? Biz hali eng yaxshi Gordonni ko'rmadik, men bundan ancha ko'prog'ini bera olaman. Hali ham oilam bilan yangi joyga o'rnashish jarayonidamiz, bu har doim biroz murakkab kechadi.
Bazida xudbinroq bo'lishim mumkin, unchalik ko'p to'p uzatmasdan, ko'proq gol urishga intilish orqali ham jamoaga yordam berish va maydonda yaxshiroq qarorlar qabul qilish imkoni bor.
"Aston Villa" - ajoyib jamoa, ular doim diqqatni jamlagan holda o'z paytini kutishadi va ayni vaqtda a'lo darajadagi sport formasida. Men shunchaki "Barsa"niki kabi tizimda ilgari hech qachon o'ynamaganimni aytdim va bu foydamga ishlayapti, lekin hech kim meni noto'g'ri tushunishini istamayman", – dedi Gordon o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
2026/27 yilgi mavsumda Gordon 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U 2026 yilning yozida "Nyukasl"dan "Barselona" safiga kelib qo'shilgan edi.



