"Real" APLda porlayotgan darvozabonni nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
3 noya 2026, 19:15
"Real" "Brayton" posboni Bart Verbryuggenni darvozabon poziciyasini kuchaytirish uchun asosiy nishon va shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum oxirida tugaydigan Tibo Kurtuaning uzoq muddatli ideal o'rinbosari sifatida ko'rib chiqmoqda

Ma'lumotlarga qaraganda, 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi bunday imkoniyat tug'ilsa, Madridga ko'chib o'tishga qarshi emas.

Verbryuggen Premer-liganing 9 ta o'yinidan 6 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va bu ko'rsatkich bo'yicha chempionatda birinchi o'rinni bo'lishib turibdi. O'tgan mavsumda u ligada bartaraf etilgan gollar bo'yicha 3-o'rinni egalladi, yozda esa milliy terma jamoa safida Jahon chempionatida ishtirok etdi.

Verbryuggenning "Brayton" bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi. Bu holat klubni tanlov qarshisida qoldiradi: o'yinchini kelasi yozda sotish yoki unga yangi bitim taklif qilish. "Brayton" top-klublar tomonidan bo'layotgan qiziqishlarga allaqachon ko'nikib qolgan va bu vaziyatda vazmin hamda puxta harakat qilishi kutilmoqda.

Transfermarkt o'yinchining transfer qiymatini 40 million evroga baholayapti.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider