"Manchester Yunayted" futbolchisi jarohat sabab 10 haftani o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2026
"Manchester Yunayted" himoyachisi Patrik Dorgu uzoq muddatga safdan chiqdi.

Bu haqda "The Athletic" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tibbiy tekshiruvlar natijasida futbolchida sonining orqa qismi lat egani aniq bo'ldi. Ushbu jarohat tufayli Dorgu taxminan 10 hafta davomida o'yinlarda ishtirok eta olmaydi.

21 yoshli daniyalik futbolchi jarohatni APLning 23-turi doirasida "Arsenal"ga qarshi bo'lib o'tgan (3:2) uchrashuvda olgan. O'sha bahsda u gol urishga ham muvaffaq bo'lgandi.

Dorgu ushbu mavsum barcha musobaqalarda 24 o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic