

Manbaga ko'ra, "Yunayted" kelasi yozda Yildiz uchun taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. 90 million evroga yaqin ehtimoliy summa ko'rsatilmoqda.
Turkiyalik vingerga yana bir qancha Angliya klublari ham qiziqish bildirmoqda, jumladan, turkiyalik hujumchiga "Chelsi" va "Arsenal" ham og'iz solgan.
"Yuventus" o'zining yulduz futbolchisiga bo'lgan qiziqish ortib borayotganidan xabardor va uni qolishga ishontirish uchun bor kuchini sarflamoqda.



