"Chelsi" muxlislarining nomaqbul xatti-harakati uchun katta miqdorda jarimaga tortildi

21 noya 2026, 08:50
"Chelsi" yanvar oyida "Charlton Atletik"ka qarshi kechgan Angliya kubogi o'yinida muxlislarining nomaqbul xatti-harakati uchun 150 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortildi.

Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti ma'lum qildi.

"Takidlanishicha, taxminan 56-daqiqada "Chelsi" o'z tomoshabinlari din yoki etiqodga to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita ishora qilgan holda nomaqbul, haqoratli, qo'pol yoki kamsituvchi tarzda harakat qilmasligini taminlay olmagan.

"Chelsi" ayblovni tan oldi va mustaqil tartibga solish komissiyasi eshituvdan so'ng harakatlar rejasini, 150 ming funt sterling miqdorida jarima hamda kelgusidagi xatti-harakatlar yuzasidan ogohlantirish tayinladi.

Klub keyinchalik ushbu sankciyalar ustidan shikoyat qildi. Apellyaciya mustaqil apellyaciya komissiyasi tomonidan rad etildi va tartibga solish komissiyasi qarorlari o'z kuchida qoldi", - deyiladi bayonotda.

O'xshash yangiliklar

Manba: Sky Sports