MYU 50 yil ichida ilk bor "Old Trafford"da ikki to'p farqi bilan oldinda borib mag'lubiyatga uchradi

Aslanov Jasurbek
17 sen 2026, 02:23
"Manchester Yunayted" o'z maydoni "Old Trafford"da ikki to'p farqi bilan oldinda boraturib mag'lubiyatga uchrash bo'yicha 50 yillik antirekordini yangiladi.

Maykl Kerrik boshchiligidagi jamoa Angliya liga kubogining 3-raundida o'z maydonida "Brayton"ga imkoniyatni boy berdi (2:3).

Uchrashuvning 8-daqiqasida Shi Leysi mankunianliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, 10-daqiqada Meyson Maunt oradagi farqni oshirdi. Qo'shilgan 1-daqiqada Xaralampos Kostulas "Brayton"ning dastlabki golini urdi. Paskal Gross 65-daqiqada muvozanatni tiklagan bo'lsa, 69-daqiqada Maksim de Kyoyper mehmonlarning g'alaba goliga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic