

Madriddagi "Sivitas Metropolitano" stadionida kechgan bahsda mezbonlar 4:0 hisobida yirik g'alabani qo'lga kiritishdi. Uchrashuvda Fransisko Xose Ernandes Maeso bosh hakam sifatida ishladi.
24-daqiqada "Atletiko" hujumchisi Djonatan Devid hisobni ochdi. 54-daqiqada forvard Li Kan In madridliklarning ustunligini oshirdi. 63-daqiqada mezbonlar himoyachisi Roben Le Norman hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. 82-daqiqada esa "Atletiko" hujumchisi Aleks Baena o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi - 4:0.
“Atletiko” - “Osasuna” 4:0
Gollar: Devid 24, Kan In 54, Le Norman 63, Baena 82.
Ispaniya chempionatida oltita o'yin o'tkazgan Madridning "Atletiko" klubi 13 ochko to'plab, turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. "Osasuna" esa 7 ochko bilan 13-pog'onadan joy olgan.
Ispaniya chempionatining keyingi turida "Atletiko" 20 sentyabr kuni o'z maydonida Madridning "Real" klubini qabul qiladi, "Osasuna" esa bir kun oldin o'z maydonida "Rayo Valekano"ga qarshi maydonga tushadi.



