Angliya liga Kubogi. "Brayton" "Manchester Yunayted"ni musobaqadan chiqarib yubordi

Aslanov Jasurbek
17 sen 2026, 02:04
Angliya liga kubogi 2026/2027 yilgi mavsumi 1/16 finalidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" va "Brayton end Xouv Albion" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.

Manchestyerdagi "Old Trafford" stadionida kechgan bahsda mehmonlar 3:2 hisobida irodali g'alabani qo'lga kiritishdi.

8-daqiqada "Manchester Yunayted" hujumchisi Shi Leysi hisobni ochdi. Oradan atigi ikki daqiqa o'tib, yarim himoyachi Meyson Maunt mankunianliklarning ustunligini mustahkamladi. 45+1-daqiqada "Brayton" forvardi Xaralampos Kostulas hisobdagi farqni qisqartirdi. 65-daqiqada Paskal Gross muvozanatni tikladi. 70-daqiqada esa mehmonlar yarim himoyachisi Maksim De Kyoyper g'alaba to'pini kiritdi.

"Manchester Yunayted" - "Brayton end Xouv Albion" 2:3
Gollar:
Shi Leysi 8, Maunt 10 - Kostulas 45+1, Gross 65, De Kyoyper 70.

Shu tariqa, "Brayton" Angliya liga kubogining keyingi bosqichiga yo'l oldi, "Manchester Yunayted" esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia