Mirjalol Qosimov: "Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2026, 23:25
O'zbekiston Kubogi 1/8 finaldan o'rin olgan OKMK – "Xorazm" uchrashuvidan so'ng OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Ikki jamoa ham g'alaba uchun harakat qildi. O'z imkoniyatlarimizdan foydalanib keyingi bosqichga chiqdik. Kubok bahslari bitta o'yindan iborat bo'lgani uchun yarimta vaziyatni ham golga aylantirishga to'g'ri keladi. Kecha ko'rdik, "Andijon" jamoasi 2:0 hisobida oldinda bora turib uchrashuv 2:2 hisobida tugadi va "Andijon" penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.

Bugun "Xorazm" jamoasi ham jangovor o'yin ko'rsatdi, oxirigacha kurash olib bordi. Qiziqarli o'yin bo'ldi deb hisoblayman. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman. Endi chempionatning navbatdagi turiga hozirlik ko'ramiz. Stadionga kelgan muxlislarga ham o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

- O'yinga bir kun qolganida "Xorazm"ga yangi murabbiy tayinlandi. Bu sizning tayyorgarligingizga qanday ta’sir qildi?
- Albatta, o'yindan oldin har bir detalni inobatga olamiz. Raqib safida bugun ayrim yetakchilar o'ynamadi va boshqalar o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Bu o'z navbatida boshqa o'yinchilarga imkon beradi. Bugun Kubokka xos bo'lgan dramatik o'yin guvohi bo'ldik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia