Muhriddin Zoirov: "Superligaga chiqish uchun futbolchilarda ishtiyoq kuchli"

Iskandarov Abdulaziz
23 mar 2023
Pro liga ikkinchi turdan o'rin olgan "G'ijduvon" - "Sho'rtan" (1:2) o'yindan so'ng mehmonlar hujumchisi Muhriddin Zoirov o'yin haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


-  "G'ijduvon" bilan o'yin haqida fikringiz?

- O'yinga yutish uchun chiqandik va bunga erishdik.

- Bu o'yinda penaltidan gol ura olmadingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?  Penalti tepishni murabbiy aytdimi yoki o'zingiz tepishga qaror qildingizmi?

- Penaltini tepishni o'zim hohladim. Bunday xatolar hammada bo'ladi. Xudo xohlasa, keyingi o'yinlarda gol uraman.

- "Sho'rtan"da katta o'zgarishlar bo'ldi. Yangi murabbiy haqida fikringiz?

- Yangi murabbiylar shtabi bilan hammasi yaxshi, biz bir jamoamiz.

- Transfer oynasi ochilgan vaqti siz "Mashal"da ko'rinish berdingiz. nima uchun "Mashal"da qolmay "Sho'rtan"ga qaytdingiz?

-"Mashal"ga borganim rost. "Sho'rtan" rahbariyatlari men bilan bog'lanib jamoaga kerakligimni aytishdi. Ko'proq vaqtim "Sho'rtan" klubi bilan o'tgan va ularning yuziga oyoq qo'yib keta olmasdim. "Mashal" ham yaxshi jamoa.

-"Sho'rtan" mavsumni yaxshi boshlab oldi. Jamoa Superligaga chiqa oladimi?

- Hammasi Ollohdan. Biz qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz.  Superligaga chiqish uchun futbolchilarda ishtiyoq kuchli.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia