

- O'yin haqida fikringiz?
- Bahs qiyin kechishini bilardik, sababi birinchi davradagi qarama-qarshilik ham shunday og'ir o'tgandi. Oxirigacha kurashdik, raqib qarshi hujumlarda o'ynadi, afsuski vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Birga bir vaziyatdan ham hujumchimiz to'p kirita olmadi. Umuman olganda, bazi etirozlarni hisobga olmaganda futbolchilarga rahmat aytaman. Himoyada yo'l qo'yilgan birgina xato uchun "Lochin" bizni jazoladi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman.
- "Aral" bilan farq 9 ochkoga etdi. Bu qanchalik birinchi o'rin uchun kurashga xalaqit beradi?
- O'zingiz ko'ryapsiz, hech bir o'yin oson o'tmayapti. Buyog'iga qolgan uchrashuvlarni hisobga oladigan bo'lak, bu katta farq. Agar keyingi bahslarning barchasini g'alaba bilan yakunlay olsak, nimadir bo'lishi mumkin. Birinchi birinchi bo'lib gol urganimizda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. O'zimizning xatolar sabab g'alaba qozona olmadik va mag'lub bo'ldik. Himoyada rotacyaiga qo'l urdik, qaysidir futbolchilarga dam berdik. Mashg'ulotlarda xatolar ustida ishlagandik.
- Hozirgi futbolda qarshi hujumda o'ynash qanchalik foyda keltiradi?
- Bizga baribir har o'yinda ochko kerak. Oldimizga beshlikka kirish vazifasi qo'yilgan. Lekin Superligaga chiqish uchun hamma o'yinlarda g'alabani ko'zlab chiqyapmiz. Yakkakurashlarda yutqazib qo'yganimiz ham pand berdi. Birinchi bo'limda yaxshi vaziyatlarga ega bo'lgandik.
- "Lochin" tarkibi haqida fikringiz? Aksar futbolchilar "Sho'rtan" uchun begona emas.
- Endi baribir bu ham rol o'ynaydi. Ruhiyat, shijoat degan narsalar bor. Bazi o'yinchilar jamoamizda o'ynab ketgan. Kimdir xafa bo'lib ketgandir, shuning uchun isbotlash maqsadida harakat qilganlar ham bo'ldi.
- Bugungi mag'lubiyatni eng alamli mag'lubiyat deb hisoblaysizmi?
- O'yindan keyin futbolchilarga shu gapni aytdim. Har ikki jamoa futbolchilari bir-birlarini yaxshi taniydi. Shu bois eng alamli mag'lubiyat bo'ldi.



