

Bu haqda ispaniyalik jurnalist Xose Feliks Dias ma'lum qildi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Joze Mourinyu boshchiligidagi Madrid klubida jamoadagi intizomni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi amalga oshirilmoqda. Futbolchilarga taomnomani mustaqil tanlash taqiqlandi, endilikda menyu tasdiqlangan sxema bo'yicha shtatdagi dietolog tomonidan tuziladi.
Mashg'ulotlarga hatto bir daqiqaga kechikish uchun ham trenajyor zalida individual shug'ullanish ko'rinishidagi jazo ko'zda tutilgan - bunda hech qanday istisnolarga yo'l qo'yilmaydi. Bundan tashqari, futbolchilarning jarohatdan so'ng tiklanish jarayoni tashqi mutaxassislarni jalb etmagan holda, faqatgina klub bazasida va tibbiy shtab nazorati ostida o'tishi shart.
Avvalroq Mourinyu "Real"ning yangi a'zosi haqida gapirgan edi.



