"Eyr Fors" bosh murabbiyi: "Chempionatni yaxshi boshlay olmadik, ertangi uchrashuv burilish nuqtasi bo'lishi kerak"

13 sen 2026, 18:48
Elit OCHL 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Eyr Fors" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida iroqliklar ustozi Fetxi Jebel va futbolchi Muhammad Salix ishtirok etdi.

"Neftchi" bizni iliq kutib oldi va o'z maydonini taqdim etdi. Buning uchun katta rahmat. Biz Iroq chempionatini yaxshi boshlay olmadik. Ushbu musobaqada natijalarimizni yaxshilab olmoqchimiz. O'ylaymizki, ertaga muxlislarimizni xursand qila olamiz", - deya gap boshladi "Eyr Fors" ustozi Fetxi Jebel.

"Chempionatda ishlarimiz yurishmadi. Elit OCHL esa boshqa musobaqa. Yangi musobaqani yaxshi boshlashimiz kerak. Ertangi uchrashuv biz uchun burilish nutqasi bo'ladi degan umiddaman", - deya fikr bildirdi jamoa darvozaboni Mohammed Salix.

-  "Neftchi"ning qaysi futbolchisi ertaga jamoangizga eng ko'p bosh og'riq to'g'dirishi mumkin deb o'ylaysiz? Ertaga qaysi jamoa ko'proq favorit deb o'ylaysiz?

- Raqibni kuzatdik. Barcha jamoalar bo'lajak raqibini o'rganib chiqadi va normal holat. "Neftchi" futbolchilarini personal tarzda tahlil qildik. Elit OCHLda barcha raqiblarining darajasi birdek yuqori. Ertaga uch ochkoni qo'lga kiritish biz uchun juda ham muhim.

- "Eyr Fors" klubi Iroq chempionati doirasidagi "Al Zavraa"ga qarshi uchrashuvni ko'chirish bo'yicha Iroq futbol assotsiatsiyasiga so'rov yuborgan ekan, ammo so'rov rad etilgan. Shu tufayli, jamoangiz delegaciyasiga O'zbekistonga bo'lingan holda yetib kelgan. Ushbu muammo ertangi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishga qanchalik noqulaylik tug'dirdi?

- Bu haqiqat. Assotsiatsiya bizni qo'llab quvvatlamadi. Shuning uchun, uch guruhga bo'linib O'zbekistonga yetib keldik. Lekin ushbu jihat ertangi o'yinimizga umuman ta’sir o'tkazmaydi. Maydonda bor kuchimizni ishga solamiz.

- OCHLni "Neftchi"ga qarshi bahs bilan boshlash jamoangiz foydasiga emasmi? Sababi, "Neftchi" uchun qur'a omadli keldi desak bo'ladi. "Eyr Fors" bilan boshlab, keyingi uchrashuvni Saudiyaning "Al Nassr" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Sizning jamoangiz esa faqatgina BAA va Qatar jamoalariga qarshi o'ynaydi. Raqiblar biroz osonroqdek.

- "Neftchi" ham qolgan raqiblarimizdek kuchli. Kimdir kuchliroq deb aytmayman, OCHLda barcha kuchli.

- Ertangi uchrashuvda ishtirok eta olmaydigan futbolchilar bormi?

- Tarkibda yo'qotishlar ko'p. Ko'plab futbolchilarimiz ertangi o'yinni o'tkazib yuboradi. Lekin bu bizga bahona bo'la olmaydi. Ertaga bor kuchimizni ishga solamiz. O'ylaymanki, ertangi uchrashuvni o'tkazib yuboradigan futbolchilarni o'rnini to'ldira oladigan yigitlar bor.

- "Neftchi" faqatgina Elit OCHL uchun braziliyalik himoyachi va hujumkor yarim himoyachini ro'yxatdan o'tkazdi. Shuningdek, "Neftchi"ning umumiy qiymati "Eyr Fors"dan uch barobar qimmat.

- Bundan xabardormiz. "Neftchi" tarkibida yaxshi futbolchilar juda ko'p. Shuningdek, mening jamoamda ham mahoratli futbolchilar ko'p. Bizda raqibdan qo'rquv yo'q. Barchasini maydonda hal qilamiz.

DSC_4196.jpgDSC_4201.jpgDSC_4236.jpgDSC_4256.jpgDSC_6202.jpgDSC_6228.jpgDSC_6234.jpgDSC_6277 (1).jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia